Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 26 mingdan oshdi

16:05 03 Avgust 2020 Jamiyat
283 0

2020-yil 3-avgust soat 16:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066 (+238) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 114 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 172 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Fargʻona viloyatida 9 nafar, jami 331 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 838 (+331) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 071 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?