Oʻzbekistonda koronavirusdan zararlanishning kunlik koʻrsatkichi 500 tadan pasaydi

00:27 23 Iyul 2020 Jamiyat
358 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

22-iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida qayd etildi.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

SSV xabariga koʻra, 22-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 351 nafar bemor sogʻayib, koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar koʻrsatkichi boʻyicha rekord natija qayd etildi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari ogʻir, 27 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?