Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 400 nafardan oshdi

23:47 15 Sentyabr 2020 Jamiyat
417 0

Shu yilning 15-sentyabr kuni mamlakatimizda 570 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlarida 532 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 104 nafar bemordan 483 nafari ogʻir, 245 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?