Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 4520 nafarga yetdi

23:04 09 Iyun 2020 Jamiyat
929 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Yana 17 holat aholi orasida qayd etildi

2020-yil 9-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4520 (+38) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashinalar haydovchilari va 17 nafari esa aholi orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar boʻyicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda , deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi axborotida.

Ayni paytda yurtimizda 3459 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sogʻaydi.

Hozirda 1043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo muolajalari koʻrsatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?