Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar 97 nafarga oshdi, 1 bemor vafot etdi

23:32 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
236 0

2020-yil 3-oktyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 238 (+97) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun 
— Toshkent shahrida 241 nafar, 
— Toshkent viloyatida 96 nafar, 
— Namangan viloyatida 20 nafar, 
— Jizzax viloyatida 15 nafar, 
— Fargʻona viloyatida 10 nafar, 
— Navoiy viloyatida 7 nafar, 
— Xorazm viloyatida 5 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 54 854 (+398) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 907 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?