Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi

10:07 12 Iyun 2019 Madaniyat
1664 0

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda marhumning yaqinlari maʼlum qilgan.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi boʻlgan Gulbahor Yoʻldosheva 2012-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangandi.

U “Kechikkan hayot”, “Haqiqat kuni”, “Afgʻon”, “Oʻgay ona” “Kutilmagan qoʻngʻiroq”, “Turist”, “Koʻrgim keladi” kabi badiiy filmlarda, “Tutash taqdirlar” kabi seriallar orqali oʻzbekistonlik tomoshabinlar uchun tanilgandi.

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?