Parijdagi Xalqaro modalar akademiyasi Oʻzbekistonda fakultet tashkil etadi

15:20 22 Noyabr 2018 Madaniyat
427 0

Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Madjidov Parijdagi Xalqaro modalar akademiyasi Prezidenti Jan-Fillip Vaklyuer rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Muloqotda oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda fakultet ochish hamda 2019/2020 oʻquv yilidan qabulni amalga oshirish rejalashtirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?