O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi oy deflyatsiya holati kuzatildi, inflyatsiya darajasi pasaydi

11:39 31 Iyul 2018 Iqtisodiyot
495 0
Illyustrativ foto

2018 yilning iyul oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2018 yilning iyul oyida tovar va xizmatlar narxlaridarajasi o‘rtacha 0,3 %ga pasaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida inflyatsiya - 2,7 %, fevralda -1,1 %, mart oyida - 1,1 %, aprelda - 0,9 %, may oyida- 0,8 %ni tashkil qilgan bo‘lib, iyunda ilk marta deflyatsiya holati kuzatilgan va uning ko‘rsatkichi 0,4%ni tashkil qilgandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida inflyatsiya darajasi 5,9 %ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi narxlar birmuncha sezilarli darajada oshgan (2,7 %). Iyun va iyul oylaridagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy omillar natijasida arzonlashishi, umumiy iste’mol narxlari darajasining pasayishiga zamin yaratdi (narxlar darajasi mos ravishda 0,4 % va0,3 %ga arzonlashgan).

Mamlakatning iste’mol sektorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi natijasida ikkinchi marta deflyatsiya holati qayd etilmoqda. Nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlarida esa aksincha, inflyatsion jarayonlar kuzatildi.

Asosiy guruhlar bo‘yicha narxlarning o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar narxining qimmatlashishi joriy yilning iyul oyidagi umumiy iste’mol narxlari indeksi (keyingi o‘rinlarda INI)ga 0,7 foiz darajasida (f.d.) ta’sir etib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi esa INIning 1,0 f.d.da kamayishiga olib keldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?