Oʻzbekistonda karantin paytida internet tezligi oʻsgan

15:13 29 Iyun 2020 Iqtisodiyot
71 0

2020-yil iyunning ikkinchi yarmi holatiga koʻra Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi COVID-19ning internet global surʼatiga taʼsirini eʼlon qildi. Buning natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda internet tezligi 8 foiz (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) koʻtarilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi sharoitida iyun holatiga koʻra internet tezligi 2, global mobil internet tezligi esa 8 foiz koʻtarilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga koʻra internet tezligi qariyb 2,3 barobar oʻsgan. 2019-yil mart holatiga koʻra 11,62 Mbit/s., 2020-yil 1-iyun holatiga koʻra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020-yil 15-iyun holatiga koʻra esa Oʻzbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha koʻtarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?