Oʻzbekistonda karantin may oyida ham davom etishi mumkinligi aytildi

13:09 15 Aprel 2020 Jamiyat
305 0

arxiv foto

Oʻzbekistonda karantin choralarining may oyida ham davom etish ehtimoli yuqori. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazmoqda.

“Ikkinchi chorak biz uchun oʻta murakkab boʻlishi kutilmoqda. Chunki, koʻplab mamlakatlar kabi Oʻzbekistonda ham karantin bilan bogʻliq cheklovlar asosan aprel oyiga toʻgʻri kelayapti va may oyida ham davom etish ehtimoli anchagina katta”, deydi Qoʻchqorov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kunga qadar 1214 kishi koronavirus bilan zararlangan. Ulardan 99 nafari butunlay sogʻaydi. 4 kishi vaft etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?