O‘zbekistonda kapital qurilishda loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy pudratchilarga ham ruxsat beriladi

09:10 23 May 2018 Iqtisodiyot
532 0
Foto: broadsword-group.co.uk

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2018 yil 22 mayda qabul qilingan “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur huquqiy hujjatdagi yangiliklardan biri shuki, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida (Engineering Procurement Construction) (keyingi o‘rinlarda – EPC-pudratchilar) “fast-track” uslubida (bir vaqtning o‘zida loyihalash, xarid qilish va qurilish ishlari) realizatsiya qilishda pudratchilarga, jumladan, xorijiy pudratchilarga qurilish sohasidagi tegishli litsenziyalar va (yoki) ruxsatnomalarni olmasdan, loyihalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha to‘liq javobgarlikni EPC-pudratchilarga yuklash sharti bilan bir martalik ruxsat berishga haqli ekanligi belgilab qo‘yildi. 

EPC-pudratchilar “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilish uchun ruxsat olishda shu kabi loyihalar bo‘yicha amaliy tajribaga, muayyan moliyaviy ko‘rsatkichlar va malakali muhandislar tarkibiga ega bo‘lishi hamda Agentlik tomonidan belgilangan boshqa mezonlarga mos kelishi shart.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?