Oʻzbekistonda yil boshidan buyon eksport hajmi salkam 9 mlrd soʻmni tashkil qildi

15:59 14 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
466 0
Illyustrativ foto

2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSH dollarga (oʻsish surʼati 4,4%) teng boʻldi. Eksport tarkibida tovarlar 76,9 % ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (20,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6 %), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2 %) guruhlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Yil boshidan buyon Oʻzbekiston eksporti hajmi 8,6 mlrd dollarga teng boʻldi

2018 yil yanvar-avgust oylarida eksport hajmi 8,6 mlrd. AQSH dollarga (oʻsish surʼati 4,4%) teng boʻldi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Eksport tarkibida tovarlar 76,9% ulushga ega, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (20,4%), oziq-ovqat mahsulotlari (8,6%), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,2%) guruhlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 1981,3 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 23,1%ini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 23,0%ga oʻsganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 36,5%ini tashkil qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019