O‘zbekistonda yil boshidan buyon 25,2 mingdan ortiq korxona va tashkilot tashkil etildi

11:43 13 Iyun 2018 Jamiyat
216 0

2018 yilning yanvar–may oyida Respublikada 25 219 mingta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yangi tashkil etildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 mingtaga (15,4 foiz) ko‘pdir.

Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning soni 5 444 ta. Toshkent (1965 ta), Farg‘ona (2422 ta) va Samarqand viloyatlarida (1983 ta) ko‘p korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (680 ta), Xorazm (918 ta) hamda Navoiy (996 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.

Shuningdek, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga kamaygan hamda ular ning soni 6,9 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin. Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 17,8 mingta (6,2 foiz)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 303,3 mingtani tashkil etgan.

Quyida hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?