Oʻzbekistonda iyul oyida nimalar arzonlashib, nimalar qimmatlashdi?

17:28 02 Avgust 2019 Jamiyat
272 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda iyul oyida ham, iyun oyida boʻlgani kabi deflyatsiya kuzatildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2019-yilning iyul oyida isteʼmol bozorida oʻrtacha narxlar darajasining pasayishi qayd etilib, oy davomidagi deflyatsiya koʻrsatkichi 0,4 foizni tashkil qildi. Iyunda bu koʻrsatkich 0,5 foizni tashkil etgan edi.

Narxlarning pasayishi asosan mavsumiy tendensiyalar va ommaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi bilan bogʻliqligi taʼkidlangan.

2019-yilning iyul oyi natijalari boʻyicha tovarlar narxlari 0,6 foizga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,3 foizga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 0,4 foiz, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar-iyul oylari davomida isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,2 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning iyul oyiga nisbatan respublika isteʼmol sektoridagi oʻrtacha narxlar darajasi 13,5 foizga koʻtarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?