O‘zbekistonda ilk marta “Fuqarolar uchun byudjet—2018” nashri chiqariladi

12:39 22 Iyun 2018 Iqtisodiyot
294 0
Illyustrativ foto

Odatda, “davlat byudjeti tasdiqlandi”, degan atamaga ko‘p duch kelamiz. Lekin uni ko‘pchilik, ya’ni oddiy fuqarolar tushunib yetavermaydi. Chunki unda keltirilgan raqamlar batafsil ma’lumot olish mushkul. Shu bois joriy yildan boshlab mamlakatimizda “Fuqarolar uchun byudjet — 2018” nashri chop etiladigan bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni byudjet tizimi, 2018 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini shakllantirish va ularning parametrlari haqida keng xabardor qilishdir.

Shu bilan birga, mazkur nashr byudjet siyosati maqsadlari va ustuvorliklarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.

“Fuqarolar uchun byudjet—2018” nashri yaqin kunlarda rasman taqdim etiladi.

Ushbu nashr O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tayyorlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?