O‘zbekistonda ilk bor “Tank biatloni” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi (Foto)

13:08 25 Iyun 2018 Sport
1667 0
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”

24-26 iyun kunlari Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida birinchi marotaba Mudofaa vazirligi miqyosida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Toshkent, Janubi-g‘arbiy maxsus, Markaziy, Shimoli-g‘arbiy harbiy okruglari hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtidan jami 6 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Ikki bosqichda o‘tgan bellashuvlarda T-72 va T-62 tank ekipajlari tomonidan harbiy-amaliy mashqlar namoyish qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab shu yilning 6 may kuni mamlakatimizdagi birinchi tank biatloni maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda ikki tank ekipajining musobaqada ko‘rgazmali tarzda belgilangan to‘siqlardan o‘tishi va mashq shartidagi nishonlarni yakson etishi ko‘rsatib berilgandi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?