Oʻzbekistonda ilk bor ECO-93 benzini birja savdolariga qoʻyilmoqda

17:56 17 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
215 0

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan import qilingan ECO-93 benzini qoʻyila boshlandi.

Avtobenzining sotuvchisi sifatida “Nara-Komfort Servis” MCHJ ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari – EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlangʻich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, turli xil manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, bir tonna benzin oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil etadi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun OʻzRTXB” AJ da onlayn akkreditatsiyadan oʻtish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

Maʼlumot uchun: YESO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019-yildan buyon ishlab chiqariladi. YESO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?