Oʻzbekistonda hind reabilitatsiya markazi filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin

09:56 18 Sentyabr 2020 Siyosat
169 0

Oʻzbekistonda tibbiyot tizimini takomillashtirish, uni ilgʻor xorijiy standartlar asosida tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasi tomonidan Hindistonning “Newage” reabilitatsiya markazi direktori Jitesh Sharma bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Hindistonlik tadbirkor soʻzlariga koʻra, “Newage” reabilitatsiya markazi oʻzida yetakchi fizioterapevt mutaxassislarni birlashtirgan boʻlib, mamlakat boʻylab markazning 7 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda.

Jitesh Sharma Oʻzbekistonda tibbiyot tizimini takomillashtirish yoʻnalishida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni eʼtirof etgan holda holda ushbu yoʻnalishda qoʻshma loyihalar amalga oshirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi. Bu borada dastlabki amaliy qadam sifatida respublikadagi shifoxonalar qoshida “Newage” reabilitatsiya markazi filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish mumkin. 

Oʻz navbatida mazkur markazlarga uzoq muddatga yetakchi hind mutaxassislarining jalb qilinishi, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanishi, aholiga sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish, mahalliy tibbiyot xodimlari malakasini yana-da oshirish, oʻzaro tajriba almashish va yangi bilim va koʻnikmalar hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Suhbat davomida Jitesh Sharma qayd etilgan yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekistondagi ayrim tibbiyot muassasalari bilan birlamchi kelishuvga erishilganligini, pandemiya bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgach bu borada amaliy hamkorlik davom ettirilishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?