O‘zbekistonda har 1000 kishiga nechta avtomobil to‘g‘ri keladi?

10:14 03 Avgust 2018 Jamiyat
560 0
Foto: GM Uzbekistan

2017 yilda O‘zbekistonda har 1000 kishiga 83 ta avtomobil to‘g‘ri keldi. Bu haqida investitsion takliflarning yagona maydonida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi o‘rinbosari U.Salimov ma’lum qildi.

Bu boradagi ko‘rsatkich Qozog‘istonda 250, Rossiyada 334 tani tashkil etadi.

U.Salimov, mamlakatimizda 2021 yilga kelib har 1000 kishiga 237 ta avtoulov to‘g‘ri kelishi rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tdi. O‘z navbatida, 2030 yilga borib yiliga 300-350 mingta avtomobil ishlab chiqarilishini taxmin qilinayotganini bildirdi.

Bundan oldin Xalqaro press klub sessiyasida kompaniya raisi Shavkat Umurzoqov Asaka zavodida bir yilda 160-170 mingta avtomobil ishlab chiqarilayotgani, vaholanki, uning bu boradagi loyiha quvvati yiliga 290 mingtani tashkil etishini ta’kidlab o‘tgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?