Oʻzbekistonda gʻoʻzaning yangi navi yaratildi

15:42 17 Yanvar 2019 Jamiyat
649 0

Xorazm Maʼmun akademiyasining seleksioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida gʻoʻzaning yangi - “Niyat” navi yaratilgan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

qayd etilishicha, ushbu nav tolasining texnologik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilingan.

Laboratoriyaga 2018 yilda yetishtirilgan paxta hosilidan tola namunalari yetkazib berildi. Paxta tolasi namunalari sifat koʻrsatkichlari laboratoriyada HVI tizimi orqali sinovdan oʻtkazildi.

Tahlillarning koʻrsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qoʻyilgan talablarga javob beradi. Niyat gʻoʻza navini 2019 yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi.

Intellektual mulk agentligi tomonidan Maʼmun akademiyasiga oʻsimlik navi uchun patent berildi, ushbu nav mualliflari D. Akkujin, Sh. Qodirov, I. Abdullayev, F. Jumaniyozov, U.Abdurahimov, R. Masharipova, B. Oʻrinovlardan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?