Oʻzbekiston yana bir davlat fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi

09:32 04 Yanvar 2019 Welcome to uzbekistan
387 0

2019 yil 15 yanvardan Oʻzbekistonda Germaniya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qoʻmitaga koʻra, vizasiz tartib joriy etilishiga Germaniya fuqarolari tomonidan Oʻzbekistonga kirish elektron vizalaridan foydalanish koʻrsatkichining yuqoriligi sabab boʻldi. 2018 yil 28 dekabr holatiga ularni 1 089 kishi rasmiylashtirgan. Bu bilan Germaniya fuqarolari mazkur dasturdan foydalangan davlatlar roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonga Germaniyadan 18 ming kishi kelgan boʻlib, bu 2017 yilga nisbatan 2,5 baravar koʻp.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019