O‘zbekistonda gazdan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

14:46 02 Avgust 2018 Jamiyat
226 0
Illyustrativ foto

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 iyunda qabul qilingan Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori asosida gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlanadi. 

Mazkur loyiha Janubiy Koreyaning “Sejin G&E” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun 55 mln. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyasi yo‘naltiriladi.

Ishlab chiqarish Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashadi. Innovatsion loyiha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 2019 yilda 27,5 mln. dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning ma’lum qilingan quvvati 15 MVt.ga tengdir.

Eslatib o‘tamiz, onlayn nashrimizda Germaniyaning Siemens kompaniyasi tomonidan Zarafshon vohasida umumiy qiymati 100 mln. dollarlik ilk shamol elektrostansiyasi qurilishi haqida ma’lum qilgandik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?