Oʻzbekistonda FESni rivojlantirish uchun 1 mlrd. dollar jalb qilish moʻljallangan

13:05 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
76 0

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi

Xorijiy delegatsiyaga Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumatining Xalqaro bitimlar va investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi direktori Badromal Mavgan boshchilik qildi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida energetika sohasidagi salohiyatli hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi.

Shunindek, unda Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyatig aʼzolari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari tashrifi doirasida tashkil etildi.

Shuni qayd etish joizki, ushbu tashrifdan avval Oʻzbekistonning elchisi Ulugʻbek Maqsudov “GSS MEA Ltd” va “Advanced Inspection Services Cooperation” kompaniyalari Direktorlar kengashi aʼzosi Hasan al Salim bilan muzokara oʻtkazgan edi.

“GSS MEA Ltd.” Yaqin Sharqdagi yirik kompaniyalardan biri boʻlib, u energetika bozorida koʻp yillik tajribaga ega va sanoat koʻlamida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha murakkab loyihalarni amalga oshirishga qodir. “Advanced Inspection Services Co.” (AIS) - sanoat inspeksion kompaniyasi esa yuqori sifatli xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiradi.

Suhbat davomida tomonlar Oʻzbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ushbu kompaniyalarning investitsiyalarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi. Navoiy viloyatida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan quyoshli fotoelektr stansiyasini (FES) qurish uchun xususiy sherikni topish boʻyicha oʻtkazilayotgan tanlov savdolari delegatsiyasining alohida qiziqishini uygʻotdi. Ushbu loyiha Oʻzbekistonda FESni rivojlantirish uchun 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb qilish moʻljallangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?