Oʻzbekistonda “Faxriy fuqaro” maqomi kimlarga beriladi?

10:21 06 Avgust 2019 Jamiyat
258 0

Arxiv foto

2019-yil 5-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.

Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin.

Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

Agar ushbu tashabbus davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan boʻlsa, qaror tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilanadi.

Ushbu maqom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?