Oʻzbekistonda yengil va yuk avtomobillari, benzin va dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish hajmi oshdi

11:05 16 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
1089 0
Illyustrativ foto

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 127 423 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26 056 donaga yoki 25,7 foizga koʻproq degani. 2017 yilning dastlabki 9 oyida 101 367 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.

Oʻzbekistondagi yirik sanoat korxonalarida chiqariladigan mahsulotlar ichida shuningdek, yuk avtomobillari (3032 dona, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga koʻproq), avtomobil dvigatellari (96 904 dona, +34,9 foiz), benzin (873,2 mln tonna, +6,9 foiz), dizel yoqilgʻisi (806,8 mln tonna, +9,3 foiz), traktor (2624, +500 foiz), oʻsimlik yogʻi (127,2 ming tonna, +5,3 foiz) va tamaki mahsulotlari (7 mlrd 443 mln dona, +3,5 foiz) ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda oshgan.

Oʻz navbatida avtobuslar (351 dona, -48,8 foiz), paxta tolasi (517,7 ming tonna, -10,6 foiz) va portland sement (6 mln 132,9 ming tonna, -5,4 foiz) ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qisqargan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?