Oʻzbekistonda eng koʻp oʻlimga sabab boʻlayotgan kasalliklar maʼlum boʻldi

10:14 21 Yanvar 2019 Jamiyat
509 0

Illyustrativ foto

Statistik maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonda 154,7 ming kishining oʻlimi qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2017 yilga nisbatan 3,7 foizga kam demakdir.

Vafot etganlarning 60,3 foizi qon aylanish tizim kasalliklaridan, 9,7 foizi turli oʻsimtalardan, 5,6 foizi ovqat hazm qilish aʼzolaridan, 4 foizi nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 20,4 foizi boshqa kasalliklar sababli vafot etgan.

Ular orasida 7,5 ming nafari bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar ekani aytilmoqda. Bolalar oʻlimining 60,5 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8 foizi nafas olish aʼzolaridagi nuqsonlardan, 11,7 foizi tugʻma anomaliyadan va 11 foizi boshqa kasalliklarda vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?