Oʻzbekistonda eng koʻp oʻlim qaysi kasalliklardan soʻng kelib chiqayotgani maʼlum boʻldi

17:05 22 Aprel 2019 Jamiyat
452 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 37,1 ming kishi vafot etganlar sifatida qayd qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida qayd qilingan.

Unga koʻra, 2019 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - oʻsimtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Roʻyxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tugʻma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?