Oʻzbekistonda eng katta oylik nominal ish haqi qancha?

Illyustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 2019-yil birinchi yarmidagi oʻrtacha oylik nominal ish haqlari qancha boʻlganini eʼlon qildi. Unga koʻra, 2019-yil yanvar-iyun oylarida mazkur miqdor
2092,6 ming soʻm(ish haqiga ustama, mukofot, ragʻbatlantirish
xususiyatiga ega toʻlovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun
haq kabi toʻlovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar
daromad soligʻi va kasaba uyushmasiga toʻlovlar ham mavjud) tashkil
etgan. Bu 2018-yilning mos davriga nisbatan 30,1 foizga oʻsish deganidir.
Bu borada bank, sugʻurta, lizing hamda kredit va vositachilik faoliyati maoshlari boshqa sohalardan keskin farq qilgani eʼtiborga loyiq. Ularning oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 4 045 800 soʻmni tashkil etgan. Ikkinchi oʻrindan axborot va aloqa tarmoqlari mutaxassislari(3 774 400 soʻm), uchinchi oʻrindan esa sanoatchilar (2 976 200 soʻm) joy olgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi - bu haqiqiy maosh emas. U bir qator omillar asosida hisoblanadi: hududda roʻyxatdan oʻtkazilgan tashkilotlar soni, ish haqi jamgʻarmasi, ishchi-xodimlar soni. Bu yerda qishloq xoʻjaligi va kichik tadbirkorlik hisobga olinmaydi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: