Oʻzbekistonda energetik ichimliklar reklamasi cheklandi

11:07 10 Yanvar 2019 Jamiyat
569 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda energetik ichimliklarni soat 7:00dan, 22:00gacha reklama qilish taqiqlanadi. Bu “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonunda nazarda tutilgan.

Qonunga koʻra, “Reklama toʻgʻrisidagi“ qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan va uning 221-moddasida energetik ichimliklar boʻyicha cheklovlar joriy qilingan.

Unga koʻra, endilikda quyidagilar taqiqlanadi:

  • soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
  • reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
  • asosan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan boʻlsa;
  • oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
  • asosan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va taʼlim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?