Oʻzbekistonda endilikda “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ nishonlanadi

14:00 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
447 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligining 15-oktyabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ sifatida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi. Shu bilan birga, Hukumat tomonidan agrosanoat yoʻnalishidagi vazirlik va idoralar, shu jumladan,“Oʻzdavkarantin“ inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga joriy yilning 15 oktabr kuni ushbu kunga bagʻishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etish topshirilgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu ish respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijalaridan biridir.

Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabridagi 62/136-sonli yigʻilishida 15-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman eʼlon qilingan. Bugungi kunda dunyoning koʻplab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?