Oʻzbekistonda elektromobillar qachondan boshlab ishlab chiqarilishi maʼlum boʻldi

13:00 15 May 2019 Jamiyat
559 0

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoʻqonda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar bergandik.

Maʼlum boʻlishicha, dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023 yilga moʻljallangan boʻlib, loyiha qiymati 300 million dollarga baholangan.

Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil boʻlgan zavod qurilishi 2021 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshgudek boʻlsa, 1000 ta ish oʻrni yaratiladi.

Shuningdek, Hyundai kompaniyasi Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk koʻtarishi mumkin boʻlgan yuk avtomobillari, avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yigʻishni yoʻlga qoʻyadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?