O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli so‘nggi 18 yilda qariyb 26 foizga ortdi

12:54 15 Avgust 2018 Iqtisodiyot
422 0
Arxiv foto

O'zbekistonda o‘n sakkiz yil davomida aholining elektr energiyasi iste’moli 10,3 foizdan 25,9ga foiz oshdi. Ya’ni 2000 yilda har bir xonadonga 114 kVt/soat elektr yetkazib berilgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 160 kVt/soatga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekenergo“ AJ tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Said Rahmonov.

Jamiyat boshqarma boshlig‘i Feruz Qurbonovning aytishicha, oxirgi bir yarim ichida elektr ta’minotidagi uzilishlarga yo‘l qo‘yilmadi. Xususan, joriy yilning o‘tgan yetti oyida mo‘ljaldagidan 2,5 milliard kVt/soat ko‘p tok yetkazib berildi.

Aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan ehtiyojlari inobatga olingan holda, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayniqsa, avariyaviy uzilishlarning oldini olish maqsadida eski simyog‘ochlar bosqichma-bosqich ravishda beton tayanchlar bilan almashtirilib, havo tarmoqlari yangilanyapti, shuningdek, transport punktlari modernizatsiya qilinmoqda. Buning evaziga elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 1,5-3 foiz kamaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?