Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qimmatlashdi

17:57 15 Aprel 2019 Iqtisodiyot
473 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 16 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 4 soʻmga qimmatlashib, 8455 soʻm 37 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 77 soʻm 20 tiyinga qimmatlashib, 9554 soʻm 57 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 2 soʻm 16 tiyinga qimmatlashib, 131 soʻm 53 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 43 soʻm 26 tiyinga qimmatlashib, 11 060 soʻm, 47 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?