Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qimmatlashdi

15:13 25 Mart 2019 Iqtisodiyot
568 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 26 martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 11 soʻm 93 tiyinga qimmatlashib, 8389 soʻm 97 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 3 soʻm 44 tiyinga qimmatlashib, 9491 soʻm 57 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 63 tiyinga qimmatlashib, 129 soʻm 72 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 51 soʻm 27 tiyinga arzonlashib, 11 082 soʻm, 31 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?