Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

11:06 08 Iyul 2019 Iqtisodiyot
531 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 9-iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 3 soʻm 62 tiyinga qimmatlashib, 8578 soʻm 36 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 119 soʻm 41 tiyinga arzonlashib, 9628 soʻm 35 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 31 tiyinga arzonlashib, 134 soʻm 52 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 141 soʻm 24 tiyinga arzonlashib, 10 742 soʻm, 68 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?