Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

11:40 17 Iyun 2019 Iqtisodiyot
630 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 18-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 17 soʻm 6 tiyinga qimmatlashib, 8535 soʻm 74 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 86 soʻm 52 tiyinga arzonlashib, 9566 soʻmni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm, 24 tiyinga qimmatlashib, 132 soʻm 57 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 101 soʻm 19 tiyinga arzonlashib, 10 746 soʻm, 50 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?