Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

14:03 20 May 2019 Iqtisodiyot
440 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 21 maydan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 76 tiyinga qimmatlashib, 8460 soʻm 92 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 62 soʻm 5 tiyinga arzonlashib, roppa-rosa 9439 soʻmni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 32 tiyinga qimmatlashib, 131 soʻm 6 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 234 soʻm 16 tiyinga arzonlashib, 10 760 soʻm, 60 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?