Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi tarixdagi eng baland qiymatiga yetdi

15:31 03 Iyun 2019 Iqtisodiyot
763 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 4-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 27 soʻm 66 tiyinga qimmatlashib, 8513 soʻm 57 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 1 soʻm 18 tiyinga qimmatlashib, 9507 soʻm 10 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm, 11 tiyinga arzonlashib, 130 soʻm 41 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 33 soʻm 80 tiyinga arzonlashib, 10 753 soʻm, 49 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?