Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ikki haftadan soʻng yana qimmatlashdi

14:41 18 Mart 2019 Iqtisodiyot
442 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 19 martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 3 soʻm 94 tiyinga qimmatlashib, 8378 soʻm 4 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 77 soʻm 32 tiyinga qimmatlashib, 9488 soʻm 13 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 2 soʻm 91 tiyinga qimmatlashib, 129 soʻm 9 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 234 soʻm 69 tiyinga qimmatlashib, 11 133 soʻm, 58 tiyinni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, dollar kursi ketma-ket ikki hafta arzonlashgandi. Oʻtgan haftada 1 AQSH dollari 18 soʻm 86 tiyinga arzonlashgan boʻlsa, undan oldingi hafta bu arzonlashuv qiymati 10 soʻm 23 tiyinni tashkil qilgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?