Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi arzonlashda davom etmoqda

14:12 11 Mart 2019 Iqtisodiyot
350 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 12 martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 18 soʻm 86 tiyinga arzonlashib, 8374 soʻm 10 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 135 soʻm 34 tiyinga arzonlashib, 9510 soʻm 81 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 14 tiyinga arzonlashib, 126 soʻm 18 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 181 soʻm 50 tiyinga arzonlashib, 10 898 soʻm, 89 tiyinni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada dollar kursi 10 soʻm 23 tiyinga arzonlashgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?