O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

14:18 06 Avgust 2018 Iqtisodiyot
239 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 7 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 8,83 so‘mga arzonlab, qiymati 7783 so‘m 5 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Yevro kursi esa 79,57 so‘mga pasayib, 9002 so‘m 6 tiyinni tashkil qilgan. 1 Rossiya rubli kursi 1,23 so‘mga pasayib, 122.96 so‘m bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?