O‘zbekistonda Davlat xaridlari portali ishga tushdi

13:44 22 May 2018 Iqtisodiyot
567 0
Foto: uzex.uz

Davlat xaridlari bo‘yicha yagona axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushirildi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auksion shakllarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasida vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining operatori sifatida belgiladi.

Elektron davlat xaridlari bo‘yicha barcha bitimlar elektron raqamli imzo (ERI) orqali tuziladi. Shuningdek, “XARID” elektron tizimiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) garov mablag‘larini kiritish orqali bitimlar ijrosini kafolatlash amaliyoti kiritilgan.

Birjada elektron davlat xaridlari masalalari yuzasidan (+998 71) 213-33-30 yoki 11-62 telefon raqamlari bo‘yicha Call-markaz xizmati faoliyat yuritmoqda.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?