O‘zbekistonda chiqindi poligonidan biogaz olinadi va elektr energiyasi ishlab chiqariladi

13:02 10 Avgust 2018 Jamiyat
80 0
Illyustrativ foto

Ohangaron tumanida Janubiy Koreyaning “Sejin” kompaniyasi bilan hamkorlikda 55 million dollarlik loyiha boshlangan. Ushbu loyiha natijasida chiqindi poligonidan biogaz olib, 16 megavatt yoki 10 mingta xonadon iste’moli uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd etib o‘tildi.

Unda Prezident sohaga xorijiy investorlarni jalb etish, chiqindini qayta ishlash va undan energiya olish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?