O‘zbekistonda Chevrolet Tracker rusumidagi avtomobil ishlab chiqariladi

15:39 01 Iyun 2018 Iqtisodiyot
3223 0
Foto: avtocentr.com.ua

GM Uzbekistan O‘zbekiston-AQSH qo‘shma korxonasi joriy yilda “Chevrolet Tracker” rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi.

“O‘zavtosanoat” vakilining aytishicha, birinchi bosqichda avtomobil yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarilsa, kelgusi yildan boshlab Asaka avtomobil zavodida mazkur brend to‘liq turkumda tayyorlanishi rejalashtirilyapti. Hozircha ularning hajmi haqida prognoz bildirish qiyinligi, bu bozordagi talabga bog‘liqligi ham bildirilgan.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik avtombilsozlar Chevrolet Tracker rusumini 2016 yildayoq qiyin sharoitlarda sinovdan o‘tkazib ko‘rgandi. O‘shanda avtomobil Andijondan Orol dengizigacha bo‘lgan murakkab iqlim sharoitli cho‘llar, tog‘ hududlarini o‘z ichiga olgan minglab chaqirim yo‘lni bosib o‘tib, so‘ngra zavodga qaytib kelgandi. Mazkur rusumga 1,8 litr sig‘imdagi va 140 ot kuchiga teng bo‘lgan dvigatel o‘rnatish mo‘ljallanayotir.

U 100 km.ga 8,1 litrli ga teng. Mazkur transport vositasi Asaka avtokorxonasida to‘liq texnologik sikl asosida ishlab chiqariladi. Uni mahalliylashtirish darajasi 50 foizdan ortadi. Besh o‘rindiqli salon multimediaga ega 7 dyuymli sensor ekran, navigator, orqani ko‘rsatib turuvchi kamera bilan jihozlanadi.

Avtomobil elektron boshqaruvli to‘liq uzatma bilan jihozlangan modifikatsiyaga ega. U ABS, ESC, shataksirashga qarshi tizimni o‘zida ifodalagan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda GM Uzbekistan tomonidan iste’molchilarga Nexia, Cobalt, Gentra, Malibu, Spark, Damas, Labo kabi markalar yetkazib berilmoqda.

O‘z navbatida mazkur zavodda 2015 yildan ishlab chiqarish boshlangan Ravon brendi ichki bozorda ham sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Matiz” va “Captiva” modellarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?