Oʻzbekistonda chaqaloqlarga eng koʻp qanday ism qoʻyilgani maʼlum boʻldi

11:45 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
678 0

Oʻzbekistonda 2020-yilning 9 oyi davomida chaqaloqlarga eng koʻp Soliha va Muhammadali ismi qoʻyilgan. Soliha ismi 1 601 nafar chaqoloqqa, Muhammadali ismi esa 1 582 oʻgʻil bolaga qoʻyilgan.

2019-yilda ham oʻzbekistonliklar farzandiga eng koʻp qoʻyilgan ism Muhammadali (11 521) va Soliha (12 703) edi.

Oʻtgan yilda oʻgʻil bolalarga eng koʻp Muhammadali, Mustafo, Abdulloh, Imronbek, Muhammad ismlari, qiz bolalarga esa Soliha, Muslima, Imona, Mubina, Shukrona ismlari qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?