Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi

18:31 05 Fevral 2019 Iqtisodiyot
2397 0

GM Uzbekistan korxonasi Captiva oʻrnini bosishi lozim boʻlgan avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Oʻzavtosanoat“ AJ raisi oʻrinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni tashkil qilingan “Oʻzbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, yangi turdagi avtomobillar 2019 yilning uchinchi choragidan boshlab ishlab chiqarilishi mumkin.

Hozircha aynan qaysi turdagi modellar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi boʻyicha maʼlumot berilmadi. Hozircha uning krossover yoʻl tanlamas tipda boʻlishi aniq.

Maʼlumot uchun oldinroq, xorij saytlarida Chevrolet Equinox modeli Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hozirgacha bu maʼlumot tasdiqlanmagan.

Foto: Chevrolet Equinox

Eslatib oʻtamiz, oldinroq GM Uzbekistan oʻz nomini oʻzgartirayotgani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?