Oʻzbekistonda bolalar uchun 50ta multiserial ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

12:13 08 Aprel 2019 Madaniyat
214 0

Yulduz Oʻrmonova, “Xalq soʻzi Online”. Respublika kinoprokat markazi hamda ”Oʻzbekkino” milliy agentligi hamkorligida tashkil etilgan matbuot anjumani davom etmoqda.

Konferensiyada agentlik direktor oʻrinbosari Shuhrat Rizayev soʻzga chiqib, qoʻshma loyihalar asosida olingan filmlar, hujjatli filmlar, shuningdek, bolalar uchun oʻrganilayotgan loyihalar xususida soʻz yuritdi.

- Oʻtgan yilda amalga oshirilgan yangi loyihalardan biri ”Avtosarguzashtlar” multiseriali boʻlib, u tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, - deydi Shuhrat Rizayev. - Kelgusida 50 ta multiserial ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz.

Qolaversa, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda bu boʻyicha eng yaxshi ssenariylarni qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilganmiz. Lekin hozircha puxta, professional yozilgan ssenariy koʻrmadik. Kelgusida albatta yaxshi ssenariylar kelishiga umid qilamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?