O‘zbekistonda bolalar huquqlari holati BMT tomonidan tahlil qilinadi

16:51 20 Iyun 2018 Jamiyat
371 0

Yaqinda BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishini tahlil etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Xalq so‘zi" muxbiri Mavjuda Xolmatova Xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi tahlil etiladi. Bu jarayonda qirqqa yaqin davlat tashkiloti va xorijiy hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda Tashkiliy guruhning dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirga tayyorgarlik ishlarining borishi muhokama qilindi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu tadbirdan so‘ng O‘zbekistonda bolalar huquqlari ta’minlanishi borasida tashkilotlararo ijtimoiy hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga umid qilmoqda.

Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishining kun tartibidan, shuningdek, migrant oilalar farzandlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokamasi ham o‘rin olgan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?