Oʻzbekistonda birinchi marta Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi

14:46 17 Noyabr 2018 Sport
738 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Bugun Toshkent shahrida 6 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Gʻarbiy Osiyo chempionati start oldi. Unda Oʻzbekiston, Hindiston, BAA, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Shri-Lanka va Bangladeshdan 300 nafar sportchi qatnashmoqda.

Mazkur musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDЕ)ning rasmiy turniri boʻlib, Osiyo shaxmat federatsiyasi koʻmagida oʻtkazilyapti.

Unda qitʼamizning eng kuchli yosh aql gimnastlari shaxmatning standart, rapid va blis yoʻnalishlarida dona suradilar. Gʻoliblar va sovrindorlarga xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDЕ sport ustasi kabi xalqaro unvonlar beriladi. Bu borada nafaqat medal egalari, balki 4-6-oʻrinlarni egallaganlar ham taqdirlanadi.

Ushbu nufuzli bellashuvlarda yurnimiz sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Ortiq Nigʻmatov, Umida Omonova, Bahora Abdusattorova kabi navqiron yulduzlar himoya qiladi.

Qayd etish joiz, ushbu chempionatda nafaqat sportchilar, balki hakamlar ham oʻz reytinglarini oshirish va FIDЕ meʼyorlarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?