Oʻzbekistonda birinchi marotaba Xalqaro armiya oʻyinlari oʻtkazilishi tasdiqlandi

11:10 31 Yanvar 2019 Jamiyat
800 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Xalqaro armiya oʻyinlari — 2019” ilk bora Oʻzbekistonda oʻtkazilishi haqida xabar bergandik.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tanlovning “Harbiy-tibbiy estafeta” yoʻnalishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta oʻtkaziladi.

Oʻtgan yilgi “ArMI—2018” oʻyinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozogʻiston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan boʻlib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari esa 12 yoʻnalishda qatnashib, umumjamoa hisobida 6-oʻrinni egallagan.

Oʻtgan yilgi oʻyinlarda “Harbiy-tibbiy estafeta” bellashuvida qatnashgan oʻzbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Maxsus koʻnikmalar” yakkalik bahsida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston hududida birinchi marotaba oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro armiya oʻyinlari Jizzax viloyatidagi “Forish” togʻ-dala oʻquv maydonida tashkil qilinishi moʻljallanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?